Har bir buyurtma — oʻz vaqtida, qoʻlma-qoʻl.
DNX — Dona platformasining yetkazib berish xizmati. Doʻkonlar va kompaniyalar uchun ishonchli kuryer tarmogʻi, kuryerlar uchun esa oʻz jadvali bilan halol ish.
- 1Olib ketishKuryer buyurtmani sotuvchidan skaner qilib oladi
- 2HubSaralash va marshrut boʻyicha taqsimlash
- 3YetkazishXaridorga faqat uning kodi bilan topshiriladi
- 4Hisob-kitobNaqd pul hisobga olinadi va sotuvchiga oʻtkaziladi
Doʻkonlar, marketpleys sotuvchilari va kompaniyalar uchun: olib ketish, saralash, yetkazish va naqd toʻlovni qabul qilish.
Hamkor boʻlish → KuryerlargaOʻz jadvalingiz bilan ishlangPiyoda, velosipedda, mototsiklda yoki avtomobilda. Telegramdagi botda ariza qoldiring, menejer qoʻngʻiroq qiladi — va smenaga chiqasiz.
Ariza qoldirish → JamoagaHub va ofisdagi ish oʻrinlariSaralash operatorlari, dispetcherlar, haydovchilar — logistikani birga quramiz.
Vakansiyalarni koʻrish →Nega aynan DNX
Biz har bir bosqichni nazorat qilamiz — sotuvchi omboridan xaridor eshigigacha.
Kod bilan topshirish
Buyurtma faqat xaridor aytgan maxfiy kod bilan beriladi — begona qoʻlga tushmaydi.
Kuzatuv
Xaridor kuryerni xaritada koʻradi va taxminiy yetib kelish vaqtini biladi.
Naqd pul nazorati
Har bir soʻm hisobda: kuryer limiti, kunlik hisobot va hubda topshirish.
Maʼlumotlar himoyada
Kuryerlarning shaxsiy hujjatlari shifrlangan holda Oʻzbekistonda saqlanadi.
Arizadan smenagacha — toʻrt qadam
Kuryerlarni 14 hududda qabul qilamiz. Oyiga 10 mln soʻmgacha daromad + 3 mln soʻmgacha bonus.
- 01Telegramda ariza. @donaishbot botida bir nechta savolga javob bering — bir necha daqiqa.
- 02Menejer qoʻngʻiroq qiladi. Shartlarni tushuntiradi va hubga kelish vaqtini kelishadi.
- 03Hubga kelasiz. Ilovani oʻrnatamiz, hujjatlarni tekshiramiz, oʻzini oʻzi band maqomini rasmiylashtirishga yordam beramiz.
- 04Birinchi smena. Buyurtmalar ilovada — smenaga chiqasiz va yetkazasiz.